18:48 / 01.12.2016
5 682

Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi

Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjaev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi.

O‘zbekiston boks federasiyasi matbuot xizmatidan xabar berishlaricha, Hasanboy Do‘smatov va Ravshan Xadjaev sovrin topshiriladigan gala-konsertda ishtirok etish uchun 1 dekabr kuni Odessa shahriga jo‘nab ketishdi.

"Oltin Mangust" - xalqaro mukofoti jahon maydonlarida yuksak natijalarga erishgan sportchilarni sharaflash, sport an’analarini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzi va sport rivojiga hissa qo‘shgan murabbiylar, faxriylarni e’zozlash maqsadida tasis etilgan.

"Oltin Mangust - 2016" laureatlarini taqdirlash marosimi 2 dekabr kuni Odessa shahrida bo‘lib o‘tadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topildi