2017 yildan boshlab O‘zbekiston klublariga Osiyo chempionlar ligasida 1+2 ko‘rinishida kvota beriladi. Bu haqda Alisher Nikimbaev o‘zining feysbukdagi sahifasida yozib qoldirgan.
Mutaxassisning fikriga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi bu yilga mo‘ljallangan barcha uchrashuvlarni o‘tkazib bo‘ldi. Natijada, 2017 va 2018 yillarda Osiyo chempionlar ligasida mamlakatlar uchun ajratilgan kvotalarni qanday ko‘rinish olishi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan.
Unga ko‘ra g‘arbiy zonadagi mamlakatlar reytingi va ularga ajratilgan kvotalarda O‘zbekiston OFK texnik reytingida beshinchi o‘rinda qayd qilinadi va 1+2 ko‘rinishidagi yo‘llanmalarga ega bo‘ladi.
BAA (88.192 ball), Saudiya Arabistoni (85.600) klublari 3+1 ko‘rinishida, Eron (79.615) va Qatar (79.078) klublariga 2+2 kvota taqsimoti tegadi.
Iroqda yo‘llanmalar (37.626) 1+1 ko‘rinishida qolmoqda Kuvaytda esa (36.919) bu 0+1 ko‘rinishida.
Ammo bu kvotalar o‘zgarishi ham mumkin. Misol uchun Kuvayt futbol federasiyasining diskvalifikasiyasi bekor qilinmasa bu yo‘llanma boshqa mamlakatga berilishi mumkin. Shuningdek klublarni lisenziyalash bilan bog‘liq muammolar sabab yana bir qator chetlatishlar kuzatilishi mumkin.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?