Bugun poytaxtimizdagi “Miran” mehmonxonasida davom shaxmat bo‘yicha nufuzli musobaqa – Shaxmat Yulduzlari turniri yakunlandi.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 680-yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ushbu super turnirda ozarbayjonlik Shaxriyar Mamadiyarov bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.
U 12 imkoniyatdan 8 ochko to‘plab, bosh mukofot hamda 20 000 AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga ham ega bo‘ldi. Bugun musobaqaning so‘nggi kuni Mamadiyarov bir g‘alaba va ikki durang natija qayd etdi.
Isroillik Boris Gelfand esa 6 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bugun Gelfand 2-o‘rin sohibini aniqlab bergan uchrashuvda hamyurtimiz 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovni mag‘lubiyatga uchrata oldi.
Qosimjonov va ukrainalik Ruslan Ponomarev musobaqada 5 ochkodan jamg‘arib, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni bo‘lishib olishdi.
BUGUNGI UChRAShUVLAR NATIJASI:
Ponomarev - Qosimjonov - 0,5:0,5
Gelfand - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Gelfand - 1:0
Qosimjonov - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Ponomarev - Mamadiyarov - 0,5:0,5
Gelfand - Qosimjonov - 1:0
TURNIR JADVALIDAGI YaKUNIY HOLAT:
Shaxriyar Mamadiyarov (Ozarbayjon) - 8 ochko
Boris Gelfand (Isroil) - 6 ochko
RUSTAM QOSIMJONOV (O‘zbekiston) - 5 ochko
Ruslan Ponomarev (Ukraina) - 5 ochko
Shaxmat Yulduzlari turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming Amerika Qo‘shma Shtatlari dollarini tashkil etgandi. Shaxriyar Mamadiyarov g‘olib sifatida 20 ming dollarga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?