09:59 / 21.09.2016
6 366

Bugun O‘zbekiston kubogining dastlabki finalchisi aniqlanadi

Bugun O‘zbekiston kubogining dastlabki finalchisi aniqlanadi

Bugun mamlakat kubogi doirasida ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Dastlab, musobaqaning chorak finali javob bahsida “Bunyodkor” safarda “Metallurg” bilan kuch sinashadi.

29 iyul kuni bu jamoalar “Bunyodkor” stadionida o‘zaro to‘qnash kelishib, unda “qaldirg‘ochlar” 3:1 hisobida zafar quchishgandi. Mazkur juftlik g‘olibi yarim finalda "Lokomotiv" bilan bellashadi.

Shuningdek, ilk final yo‘llanmasi uchun kechadigan bahsda Qarshining "Nasaf" jamoasi safarda "Buxoro" mehmoni bo‘ladi. Jamoalarning Qarshidagi uchrashuvida mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchgan edi. Ushbu o‘yin 18:00 da start oladi.

O‘zbekiston kubogi-2016
Chorak final. Javob uchrashuvi
21.09.2016
“Metallurg” (Bekobod) – “Bunyodkor” (Toshkent)
Boshlanish vaqti: 16:30 (“Metallurg”, Bekobod)
Bosh hakam: Olim Tolibjonov
Qanot hakamlari: Nabi Ro‘zimov, Timur Gaynulin
Zaxira hakami: Anatoliy Rubakov
Nazoratchi: Alisher Abdullaev (barchasi – Toshkent)

Yarim final javob uchrashuvi
“Buxoro” (Buxoro) - ”Nasaf” (Qarshi)
Boshlanish vaqti: 18:00 (“Buxoro”, Buxoro)
Bosh hakam: Ravshan Ermatov (Toshkent)
Qanot hakamlari: Abduhamidullo Rasulov (Toshkent), Jahongir Saidov (Toshkent)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent).

Manba: www.fut.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun O‘zbekiston kubogining dastlabki finalchisi aniqlanadi