11:23 / 19.09.2016
5 822

Rio-de-Janeyroda Paralimpiada yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi

Rio-de-Janeyroda Paralimpiada yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi

18 sentyabrda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida XV yozgi Paralimpiya o‘yinlarining yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi, deyiladi "Kun" nashrida. Musobaqalar 7 sentyabrdan 18 sentyabrgacha davom etdi, unda 22 ta sport turi bo‘yicha 528 ta medallar to‘plami o‘ynaldi.

Medallar umumiy hisobi bo‘yicha Xitoy 1-o‘rinni egalladi. Xitoylik sportchilar umumiy hisobda 239 ta medal, jumladan 107 oltin medal qo‘lga kiritishdi. 2-o‘rinni Buyuk Britaniya (147 ta medal) va 3-o‘rinni Ukraina (117 ta medal) egalladi.

O‘zbekistonlik sportchilar ham o‘yinlarda munosib ishtirok etdilar. Terma jamoamiz umumiy hisobda 31 ta medal qo‘lga kiritdi, ulardan 8 tasi oltin, 6 tasi kumush, 17 tasi bronza medal bo‘ldi. Umumiy hisobda O‘zbekiston terma jamoasi 15-o‘rinni egalladi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rio-de-Janeyroda Paralimpiada yopilishi marosimi bo‘lib o‘tdi