Qarshi shahrida ko‘p tarmoqli suzish havzasi va zamonaviy dam olish maskani barpo etilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga qilgan tashrifi davomida mazkur loyiha bilan tanishdi, deb yozadi “Qalampir” sayti.
Suzish havzasi va dam olish maskani avvalgi “Nasaf” stadioni hududida qurilmoqda. 25 metrga 11 metr o‘lchamdagi 2 ta suzish havzasi 4,7 gektar maydonni egallagan. Basseynlar suvni tozalash, isitish hamda haroratni mo‘tadil saqlash uskunalari bilan jihozlanadi.
Majmua ilg‘or va tejamkor, shu bilan birga zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanadi. Alohida kiyinish, yuvinish xonalari tashkil etiladi. Bunday zamonaviy sharoitlar suzish bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan kishilar sonining ortishiga va yoshlarning barkamol voyaga etishiga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi