14:48 / 26.02.2017
7 014

Toshkentda 13 yoshli o‘smir buvi va buvasining yig‘ib qo‘ygan 100 ming dollarini o‘g‘irlagan

Toshkentda 13 yoshli o‘smir buvi va buvasining yig‘ib qo‘ygan 100 ming dollarini o‘g‘irlagan

Toshkentda o‘smir o‘z buvi va buvasi uyiga onasining sumkasidan yashirin ravishda olgan kalitdan nusxa tayyorlab kirgan. So‘ng xorijiy valyutadagi yirik miqdorda pul mablag‘larini o‘margan. Bu haqda «Na postu» gazetasiga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘smir o‘margan pullarini do‘stlari bilan kafe va klublarlarda o‘tirishga sarflagan. Shuningdek, ular bu mablag‘larga o‘zlariga qimmatbaho uyali telefon apparatlari, kiyim-kechaklar, maishiy texnika, noutbuklar va motosikl hamda skuter sotib olishgan.

Hatto bu ishda qatnashganlardan biri o‘z uyida ta’mirlash ishlarini ham o‘tkazgan.

Ma’lum qilinishicha, o‘smir umumiy hisobda taxminan 100 ming AQSh dollarini o‘g‘irlab chiqqan.

Guruh a’zolaridan eng kattasiga ayblov hukmi o‘qilgan bo‘lsa, ikkitasiga voyaga etmagani tufayli amnistiya akti qo‘llanilgan. Bir nafar shaxs esa uzoq muddat davomida huquqni muhofaza qilish organlaridan mamlakat tashqarisida yashirinib kelgan, biroq u oxir-oqibat qo‘lga olingan hamda hozirda uning ustidan sud jarayoni ketmoqda.

Buva va buvisining barcha ishlab topgan va yig‘ib qo‘ygan pullarini o‘margan o‘spirinning o‘zi esa jinoiy javobgarlikka tortilmadi, sababi jinoyat sodir etilgan vaqtda 14 yoshga ham kirmagan bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 13 yoshli o‘smir buvi va buvasining yig‘ib qo‘ygan 100 ming dollarini o‘g‘irlagan