Yaqinda floridalik bir baliqchi Stiv Bargeron baliq ovlash vaqtida qarmog‘iga baliq o‘rniga uzunligi yarim metrdan kattaroq keladigan notanish suv mahluqini ilintirgan, deb yozadi Kun.uz nashri.
Stiv bu jonzotni yovvoyi tabiatni muhofaza qiluvchi mutaxassislarga ko‘rsatgan. Olimlar bir qator tadqiqotlar o‘tkazib, bu jonzotning turini aniqlay olishmagan. Biroq ba’zi mutaxassislar bu g‘ayrioddiy jonzotni beshiktebratar qisqichbaqalarning bir ko‘rinishi deb taxmin qilmoqdalar. Biroq shunga qaramay, bu erda tavofut bor, chunki bu turdagi jonzotlarning uzunligi 30 sm dan oshmaydi, Stiv tutib olgan jonzotning uzunligi esa 50 sm dan kattaroq. Shuning uchun ham uni noyob deb hisoblash mumkin.
Beshiktebratar qisqichbaqalar eng yirik umurtqasiz yirtqichlar hisoblanib, ularning asosiy quroli kuchli tirnoqlari hisoblanadi. U tirnoqlari bilan akvariumdagi oynani teshib yubora oladi. Fanga 4 mingga yaqin bunday qisqichbaqalar turi ma’lum va ular bir-birlaridan faqat ranglari bilan farq qiladi. Bu tur vakillari juda yaxshi xotiraga ega va o‘z "tanishlarini" hididan taniy oladilar. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?