9 139
Lola Karimova Los-Anjelesdagi "Oltin globus" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi
O‘zbekiston Birinchi Prezidenti, marhum Islom Karimovning kenja qizi Lola Karimova-Tillaeva Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan "Oltin globus-2017" kinofestivalining qizil yo‘lakchasida namoyon bo‘ldi. Bu haqda CAFB.Asia'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Lola Karimova-Tillaeva "Oltin globus" qizil yo‘lakchasida Tom Ford libosida ko‘rinish bergan. Uzun oqshom ko‘ylagi ilon terisi printlari ishlangan bo‘lib, uni sharf va oq mo‘yna to‘ldirib turibdi.
Qizil yo‘lakchada Lola Karimova-Tillaevadan tashqari ko‘plab Hollivud yulduzlari suratga tushishdi.
"Oltin globus" kinomukofotining 74 - taqdimot marosimi 8 yanvardan 9 yanvarga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Amerikaning Los-Anjeles shahridagi «Beverli Hilton» mehmonxonasida «Oltin globus» kinomukofotlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Oltin globus» mukofotini «Eng yaxshi komediya yoki myuzikl» yo‘nalishida «La-La Lend» (La La Land) filmi qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu kartina eng yaxshi rejissyorlik ishi, eng yaxshi ssenariy, musiqa va original qo‘shiq yo‘nalishlarida ham mukofotlarga ega bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi