Kanada fuqarosi Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni tanqid qilgani uchun Turkiyada hibsga olindi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri.
Kanada va Turkiya fuqaroligiga ega 50 yoshli Isi Xiper 2016 yil 30 dekabr kuni Turkiya shimoli-sharqidagi Kars shahrida polisiya tomonidan qo‘lga olingan. Uning advokati so‘zlariga ko‘ra, hibs Xiper 28 dekabr kuni Facebook’da yozib qoldirgan izohlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. U o‘z izohlarida Erdo‘g‘onni «Turkiyaning IShID terrorchilarini qo‘llab-quvvatlashini isbotlovchi dalillarni keltirgan jurnalistlarni qamoqqa tiqish»da ayblagan edi.
Kanada tashqi ishlar vazirligi Xiperning hibsga olinganidan xabardor ekanligi va zarur konsullik ko‘magini ko‘rsatayotganini ma’lum qildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan «terrorchilik tashkiloti» deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?