O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida bir qator ustuvor vazifalarni belgilab bergan edi. Viloyatda mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash ishlari qizg‘in davom etmoqda. Viloyat hokimining qaroriga binoan 1862 - 1937 yillarda yashab ijod etgan Isoqxon To‘ra Ibrat xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy maydoni 2,2 gektarni tashkil etuvchi “Ibrat” majmuasini loyihalashtirish ishlari yakuniga etkazildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Mazkur majmuada “Ibrat” muzeyi (ichida kutubxona va mutolaa xonalari, ekspozision zal), “Ibrat” tillar maktabi (21x12 metr zal, 160 o‘quvchiga mo‘ljallangan o‘quv xonalari, sport maydonchalari), “Ibrat” bog‘i (Favvora, xiyobon, Ibrat haykali) qurilishi ko‘zda tutilgan. Majmuani qurish ishlari shu yilning mart oylarida boshlab yuboriladi.
Aytish kerak-ki, Isoqxon To‘ra Ibrat vodiyda ilk bor “Matbaaiya Isoqiya” bosmaxonasiga asos solgan ma’rifatparvar inson bo‘lgan. U o‘sha davrdayoq 7 ta xorijiy tilni o‘zlashtirib, bir nechta o‘quv darsligi va boshqa noyob adabiyotlarni ijod qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
AQSH Isroil bilan tinchlik o‘rnatishga rozi bo‘lgandan keyingina Ar-Riyod bilan shartnoma tuzadi
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi sayyohlar almashinuvi pandemiyadan oldingi darajaga yetdi
Oq uy Ukraina 2025 yilda hujumga o‘tishini taxmin qilmoqda
Samvel Babayan: "Istalgan jamoa Namanganga kelganida himoyaviy uslubda o‘ynaydi"