17:02 / 02.01.2017
6 921

Rimliklar Vatikan hududida McDonald's ochilganidan g‘azablanishmoqda

Rimliklar Vatikan hududida McDonald's ochilganidan g‘azablanishmoqda

Rim shahri markazida, Vatikanga tegishdi binoda McDonald's restorani ochilishi mahalliy aholi va dindorlarning g‘azabini keltirdi. Bu haqda CNBC telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Bu restoran Vatikan hududida Avliyo Pyotr maydoni yaqinida paydo bo‘lgan. U Katolik cherkovi kardinallari istiqomat qiladigan uyning birinchi qavatida joylashgan.

Restoranning ochilishi haqida oldindan hech kim ogohlantirmagan, Vatikan ma’muriyati yoki L'Osservatore Romano rasmiy nashri ham bu haqida hech narsa demagan.

Rimliklar bu restoranga darhol MakVatikan nomini berishdi. Ma’lum bo‘lishicha, Vatikan bu ovqatlanish tarmog‘idan ijara sifatida har oyda 30 ming dollar oladi. Papa akademiyasi professori, kardinal Elio Sgrechchio Vatikanning bu harakatini qattiq qoralagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rimliklar Vatikan hududida McDonald's ochilganidan g‘azablanishmoqda