10:07 / 30.12.2016
6 066

Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob chorasini qo‘lladi

Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob chorasini qo‘lladi

Rossiya hukumati Moskva shahridagi ingliz-amerika maktabini yopishga qaror qildi. Buni AQSh sanksiyalariga Rossiya tomonining javob qadami deb hisoblash mumkin. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Telekanalning xabar berishicha, AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada diplomatik mahkamalari vakillarining farzandlari tahsil olgan maktab rossiya hukumati buyrug‘iga ko‘ra yopilgan.

Bundan tashqari, xorijiy diplomatlarga Moskva shimoli-g‘arbidagi “Serebryanniy Bor” dam olish uyiga borish ham taqiqlandi, deb qo‘shimcha qilgan manba.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya AQSh sanksiyalariga qarshi ilk javob chorasini qo‘lladi