Xalqaro olimlar guruhi ibtidoiy odam hisoblangan, bundan 1,2 million yil ilgari yashagan Homo antecessor larning tishkavlagichdan foydalanganini aniqladi, deb xabar berdi “Darakchi” nashri.
Olimlar Ispaniyaning Sima del Elefante g‘oridan topilgan ibtidoiy odamning jag‘ suyagini o‘rganib, yuqoridagi xulosaga kelishdi.
Qaddini tik tutuvchi Homo erectus odamlarning avlodi bo‘lgan Homo antecessor ning pastki jag‘i tadqiqotchilar tomonidan 2007 yilda topilgan. Bu ibtidoiy odamlar hozirgi Ispaniyaning shimolida yashagan. Olimlar jag‘ suyagidagi tish qatlamlarini o‘rganganda, ularning tarkibida kraxmal bo‘lgan o‘t-o‘lanlar va xom go‘sht bilan oziqlangani ma’lum bo‘ldi. Antropologlar shuningdek, tishlar orasidan yog‘och cho‘p topishdi. Bu esa Homo antecessor ning daraxt novdasidan tishkavlagich sifatida foydalanganini isbotladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?