Belgrad shahrida 66 yoshda afsonaviy styuardessa Vesna Vulovich vafot etdi. U 1972 yilgi McDonnell Douglas DC-9 samolyotining portlashidan so‘ng omon qolgan yagona inson sanaladi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Havo layneri bortida 23 yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi, jumladan 22 yoshli Vesna Vulovich bo‘lgan. Ma’lumki, qizning o‘rniga boshqa bort kuzatuvchisi uchishi lozim bo‘lgan, biroq aviakompaniya xatosi bilan aynan Vesna bortda bo‘lgan.
Sobiq bort kuzatuvchisi rekord darajadagi balandlikdan parashyutsiz tushib, omon qolgan inson hisoblanardi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, ayol bir necha kun telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan, shundan so‘ng Vulovichning xavotirga tushgan do‘stlari polisiyaga murojaat qilishdi. Ayol yashagan kvartirada esa uning jasadi topildi.
Vulovichning o‘limiga nima sabab bo‘lgani noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi