7 847
«Kiyev – Olmaota» yo‘nalishidagi samolyoti o‘zbekistonlik mast erkak sababli qo‘nishga majbur bo‘ldi
Samaraning «Kurumich» aeroportida 8 dekabr kuni soat 3:00 da «Kiev – Olmaota» yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Airbus A-319 samolyoti favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi, deb xabar qildi "Kun.uz" nashri.
Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan samolyotda 50 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Kuybishev transport prokurori o‘rinbosari Darya Kalinichevaning xabar berishiga ko‘ra, samolyot Samarada mast holatda bo‘lgan yo‘lovchi sabab 2,5 soat qolib ketgan. U olib chiqilgach, layner belgilangan yo‘nalish bo‘yicha parvozni davom ettirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, 33 yoshli O‘zbekiston fuqarosi samolyot bortida o‘z rafiqasi bilan janjallashib, uni urgan. Layner ekipaji esa Samarada favqulodda qo‘nish haqida qaror qabul qildi. Mast tartibbuzar polisiya bo‘linmasiga olib ketildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Bayden Ukraina va Isroilga yordam to‘g‘risidagi qonunlarni qo‘llab-quvvatladi