Rus pravoslav cherkovi bosh ruhoniysi patriarx Kirill, O‘zbekiston yangi prezidentiga uning ushbu ulug‘ lavozimga saylanishi xalq ishonchidan darak dedi.
Moskva va butun Rossiya patriarxi Kirill Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston prezidenti lavozimiga saylanishi munosabati bilan tabrikladi va kelajakda ham Toshkentdagi Rus pravoslav cherkovi hamda O‘zbekiston hukumati orasida hamkorlik davom etishiga umid bildirdi. «Siz uzoq yillar davomida o‘z xalqingizga fidokorona xizmat qildingiz. Barcha kuch va qobiliyatingizni mamlakat rivojlanishi va fuqarolar farovonligi yo‘lida sarfladingiz. Bo‘lib o‘tgan saylov O‘zbekiston aholisining sizga bo‘lgan ishonchini namoyish qildi. Ular o‘z kelajaklarini va bugungi kundagi muhim muammolarni siz bilan birgalikda hal qilishni umid qilmoqdalar», — deyilgan RPCh rahbari xabarida. Shuningdek, Patriarx Kirill O‘zbekiston rahbariga o‘zbek xalqiga ma’suliyat bilan xizmat qilishda sog‘liq va muvaffaqiyat tiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?