7 815
Toshkent shahrida bosqinchilik yo‘li bilan o‘g‘irlikni amalga oshirgan jinoyatchilar ushlandi
Poytaxtning Shayhontohur tumanida sodir bo‘lgan hodisada Saida Qozimova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) jabr ko‘rgan. Uning uyiga bostirib kirgan bosqinchilar 20 million so‘mdan ortiq pul mablag‘larini, bir necha mobil telefoni, shuningdek, zargarlik buyumlarini o‘marib ketishgan.
Shu tumanda ro‘y bergan yana bir holatda esa uch kishidan iborat jinoiy guruh Hamid Safarovning uyiga bostirib kirib, pichoq bilan po‘pisa qilgan hamda yirik pul mablag‘lari, zargarlik buyumlarini o‘marishgan.
Toshkent shahrining Olmazor tumanida esa Zilola Zokirovaning xonadoniga olti kishi bostirib kirgan. Ular ayolning bo‘yniga pichoq tirab, pul va barcha qimmatbaho buyumlarini berishini talab qilishadi. Xonadondan topilgan ming AQSh dollaridan ko‘proq pul mablag‘i, uchta qimmatbaho uzuk va ziraklarni olib, voqea joyidan yashirinishadi.
Nashrning xabar berishicha, uchta holatda ham jinoyatchilar tezkor tadbir davomida ushlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi