O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Xatamjon Ketmonov 24 noyabr kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi, deya xabar qildi Gazeta.uz.
O‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zlar ekan, Xatamjon Ketmonov hududdagi To‘palang gidroelektrostansiyasi, Jarqo‘rg‘on neftni qayta ishlash zavodi, «Sharg‘un ko‘mir», «Xo‘jaikon tuz» aksiyadorlik jamiyatlari, «Xonjiza» kon-boyitish majmuasi kabi yirik sanoat korxonalarining mamlakat iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidlab o‘tdi.
Nomzod o‘zing saylovoldi dasturi partiyaning g‘oya va dasturiy maqsadlariga, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasining parlamentdagi ko‘pchilik — demokratik kuchlar blokiga nisbatan o‘zini muxolifat, deb e’lon qilgani, bu muxolif fraksiya sifatida ilgari surgan qator g‘oyalarga asoslanishini ta’kidladi.
Korxona va ish beruvchilarning tegishli hududlardagi kasb-hunar kollejlariga biriktirilishi hamda muntazam harakatdagi «kollej — korxona» aloqalarini yo‘lga qo‘yish, nogironlar mehnat qilishi uchun ixtisoslashgan korxonalar tashkil etishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish, jumladan, ushbu maqsadda davlatning markazlashgan sarmoyalari hisobidan bunday korxonalar tarmog‘ini rivojlantirish va yirik korxonalarga kasanachilik ish joylarini tashkil etish bo‘yicha majburiy kvotalar belgilash orqali jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarni kasanachilik faoliyatiga jalb qilishni kengaytirish zarurligini qayd etdi.
Nomzod dasturida o‘qish uchun shartnoma pulini to‘lashga qiynalayotgan kam ta’minlangan oilalar farzandlariga shartnoma pullarini to‘layotgan korxonalarni rag‘batlantirish, imtiyozli va bepul malakali tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatilishini tartibga soluvchi tegishli qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat samaradorligini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi