Norvegiyalik olimlar piraxan xalqining tilini o‘rganish uchun eng murakkab til deb topishdi. Bu xalq Braziliyaning Amazonka junglilarida yashaydi.
Oslo universiteti olimlari bu qabila o‘z nutqida gaplashish uchun juda ko‘p hushtaksimon tovushlardan foydalanishini ma’lum qildilar. Bundan tashqari, bu tilda undosh tovushlar juda ko‘p. Qabila a’zolari muayyan tovushlar to‘plamini hushtak chalib suhbatlashadilar. Bu qabila a’zolari katta masofalardan turib ham gaplasha oladilar, chunki hushtak oddiy nutqdan balandroq eshitiladi.
Piraxan tilida raqamlar va ranglarni ifodalash uchun so‘zlar yo‘q. Ular kichik sonlarni barmoqlarida ko‘rsatishadi, savdo-sotiqda esa mahsulot ayirboshlash ustunlik qiladi. Piraxanlar biror rangni ifodalash uchun shu rangdagi narsalar haqida gapirishadi. Ushbu tilda fe’llar zamonlarga ega emas.
OAV ma’lum qilishicha, bu tilda 350 ga yaqin odam gaplashadi. Bu tilning yana bir antiqa tomoni shundaki, ayollar erkaklardan ko‘ra kamroq undoshlardan foydalanadilar, deb xabar bermoqda "Kun" nashri. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring