16:35 / 19.11.2016
7 788

Samarqand shahrining bir qator hududlarida bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan issiqlik ta’minoti qayta tiklandi

Samarqand shahrining bir qator hududlarida bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan issiqlik ta’minoti qayta tiklandi

Qiymati 600 million so‘mlik zamonaviy to‘rtta lokal qozonxona qurib bitkazilishi natijasida shaharning Sartepa, Sug‘diyona, Marhabo hududlari va Kimyogarlar shaharchasidagi 13 ta ko‘p qavatli uylarda joylashgan 570 ta xonadonga issiqlik etib boradi.

Ushbu loyiha "Samarqand shahrida 2016-2017 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturi"ga muvofiq bajarilmoqda. Zamonaviy qozonxonalarning har biri 600 kVt quvvatga ega bo‘lib, oldingilariga qaraganda energiya bir necha baravarga tejalishi bilan ajralib turadi. Uskunalar "Chirchiq teplodar servis" mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan o‘rnatib berilmoqda, deb yozadi "Zarafshon" gazetasi.

– Barcha qurilish-montaj ishlari shu yilning 15 noyabriga qadar tugatilib, shu sanadan boshlab aholiga issiqlik ta’minoti etkazish rejalashtirilgan, – deydi Samarqand shahar hokimligi bosh mutaxassisi Feruz Najmiddinov. – Bu esa nafaqat qish mavsumida aholiga issiqlik bo‘yicha qulaylik yaratadi, balki tabiiy gaz, ayniqsa, elektr energiyasining bir necha baravar tejalishiga, har yili uchraydigan elektr uzatish, taqsimlash uskunalarining zo‘riqishi oqibatida yuzaga keladigan uzilishlarning oldini oladi. Aholi kommunal sohadagi barcha xizmatlardan muammosiz bahramand bo‘lishiga zamin yaratiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqand shahrining bir qator hududlarida bir necha yillardan buyon to‘xtab qolgan issiqlik ta’minoti qayta tiklandi