12 120
Qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan mashinani olib bermagani uchun kuyov ajrashmoqchi bo‘ldi
Respublika bo‘yicha eng ko‘p ajrashish Toshkentda (32 foiz) kuzatilmoqda, deb yozmoqda “Oila davrasida” nashri. Masalan, joriy yilning 9 oyida shahar bo‘yicha 3442 ta ajrashish qayd etilgan.
“Bugun bu boradagi loqaydlikka nuqta qo‘yishimiz va bir qator ishlarni qayta ko‘rib chiqishimiz zarur. Jumladan, oilani mustahkamlash va yoshlarni turmushga tayyorlash bo‘yicha qiladigan ishlarning ko‘pchiligi rasmiyatchilik uchungina bo‘lib qolyapti” deydi O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova.
Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jaevga ko‘ra esa, ko‘p hollarda yosh kelin-kuyovlar arzimas sabablar bilan ajrashib ketmoqda.
“Yana bir arizada qaynota kuyoviga to‘ydan oldin va’da qilgan avtomashinani olib bermagani uchun kuyovto‘ra ajrashmoqchi ekanini bildirgan. Belida belbog‘i bor o‘zbek yigitining shu darajaga borishining o‘zi naqadar uyatli va sharmandali hol emasmi?” deydi Senat qo‘mita raisi Z.Nizomxo‘jaev. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi