G‘.Pardaev noqonuniy valyuta sotish jinoyat ekanligini bilsa-da, bunday ishdan o‘zini tiymadi. U joriy yilning mart oyida Boyovut tuman tibbiyot birlashmasi yonida fuqaro Madina Mo‘ydinovaga 100 AQSh dollarini sotayotgan vaqtda SOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olinib, uning bu qilmishi tegishli ravishda rasmiylshtiriladi. Bu haqda "Kun" nashri xabar berdi.
Mazkur holat bo‘yicha surishtiruv jarayoni olib borilayotgan vaqtda G‘.Pardaev huquqbuzarligi uchun chora ko‘rmaslik evaziga departament xodimiga pora berishini aytadi. Departament xodimi uning taklifiga ko‘nmaydi. Ushbu holat uchun qonunda belgilangan tartibda chora ko‘rilishini uqtiradi va holatni o‘rganish jarayonida G‘.Pardaevdan kerakli hujjatlarni keltirib berishni so‘raydi. Vaziyatni ko‘ngildagidek hal eta olmagan valyutafurush ertasiga talab etilgan hujjatlarni taqdim etish o‘rniga, takroran huquq-tartibot xodimiga pora berishni maqsad qiladi. Ya’ni, G‘.Pardaev bir million so‘m pulni selofan paketga solib, departament xodimining xizmat xonasida unga beradi. Biroq ish u o‘ylagandek bo‘lib chiqmadi. G‘.Pardaev huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.
Organ xodimini pora evaziga o‘zining yo‘rig‘iga yurgazishga harakat qilgan G‘.Pardaevga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudi o‘z hukmini o‘qidi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda