Farg‘onalik 47 yoshli fuqaro Ohangaronda qarovsiz qoldirilgan Nexia avtomobilini o‘g‘irlab ketdi. Buzoqning yugurgani samonxonagacha, deganlaridek jinoyatchi Angren shahridada qo‘lga tushdi. Bu haqda "Qalampir.uz" manbalarga asoslanib xabar bermoqda.
Gap shundaki, Toshkent viloyati Ohangaron tumani IIB navbatchilik qismiga Toshkent shaharida yashovchi fuqaro ariza bilan murojaat qilib, o‘zining Nexia rusumli avtomobili noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilgani haqida xabar qilgan.
Voqea joyiga etib kelgan ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, ariza muallifi avtomashinasini Telov qishloq fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Angren armatura izolyatorlash zavodi” MChJ oldida qarovsiz qoldirganligi oqibatida olib qochib ketilganligi ma’lum bo‘lgan.
Tezkorlik bilan olib borilgan chora-tadbirlar natijasida olib qochilgan avtomashina Angren shahrida to‘xtatildi. Jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi 47 yoshli fuqaro bo‘lib chiqdi. Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi