15:32 / 03.10.2016
8 436

Xorijda Prezident saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tashkil etildi

Xorijda Prezident saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tashkil etildi

MSK xorijda Prezident saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasini tashkil etdi.

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi taqdimnomasiga binoan, respublikaning xorijiy davlatlardagi vakolatxonalari huzurida O‘zbekiston Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazining xabar qilishicha, mazkur saylov uchastkalari 14-Toshkent shahar saylov okrugiga biriktirildi. Eslatib o‘tamiz, poytaxt okrugida 713 ta saylov uchastkasi tashkil etildi.

3 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan majlisida siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etiladigan imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirish bo‘yicha MSK huzurida ishchi guruhlari tuzish to‘g‘risidagi qaror ham qabul qilindi.

Manba: "gazeta.uz"

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorijda Prezident saylovini o‘tkazuvchi 44 ta saylov uchastkasi tashkil etildi