Fuqarolar Mels Otaboyev, Nosir Elbekov va Tursunpo‘lat Ahadov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zaro jinoiy til biriktirib, qalbaki 5000 so‘mlik banknotlarni yasash bilan shug‘ullanib kelayotganligi haqida tezkor ma’lumotlar olingan. Bu haqda “Huquq” nashriga tayanib “Kun.uz” yozmoqda.
Tezkor tadbirda ular 50 mln. so‘m qalbaki pullarni maxsus xaridorga 10 mln. so‘m haqiqiy milliy valyuta evaziga tayyorlab berishga kelishib, oldindan 5 mln. 300 ming so‘mni olishadi. Soat 23:00da Qo‘qon shahridagi xonadon ko‘zdan kechirilib, 5000 so‘mlik qalbaki pullar rangli printer yordamida chiqarilib, kesish uchun tayyorlab qo‘yilgani aniqlandi. Chop etilgan qalbaki pullar va shu maqsadda ishlatilgan texnologiya uskunalari ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qonunbuzarlarga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi