10:29 / 24.09.2016
5 999

Italiyalik yo‘lovchi o‘ta semiz qo‘shnisi sabab Emirates aviakompaniyasini sudga berdi

Italiyalik yo‘lovchi o‘ta semiz qo‘shnisi sabab Emirates aviakompaniyasini sudga berdi

Italiyalik advokat Jorjio Destro samolyotda juda semiz odam bilan yonma-yon ketishga majbur bo‘lgani uchun Emirates aviakompaniyasidan 2,8 ming evro miqdorida tovon puli undirishni maqsad qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Destro Keyptaundan Dubayga parvoz qildi va to‘qqiz soat davomida yonida o‘tirgan kishi tug‘dirgan noqulaylikdan aziyat chekdi. U yo‘lakda tura turishga, bo‘sh bo‘lganda ekipaj uchun ajratilgan o‘rindiqlarga o‘tirishga majbur bo‘ldi.

Destro joyini o‘zgartirishlarini so‘radi, ammo bo‘sh joy yo‘qligi sabab unga rad javobini berishdi. Italiyalikning so‘zlariga ko‘ra, vaziyat uchun undan uzr so‘rashmagan va noqulaylikni bartaraf etish uchun biror-bir taklif berishmagan.

Shundan so‘ng u sudga da’vo kiritgan. Unga ko‘ra, aviakompaniya advokatga chiptasining narxi bo‘lmish 759,51 evro va ma’naviy zarar uchun 2 ming evro berishi lozim bo‘ladi. Italiyalikning da’vosi 20 oktyabr kuni Paduyada ko‘rib chiqiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Italiyalik yo‘lovchi o‘ta semiz qo‘shnisi sabab Emirates aviakompaniyasini sudga berdi