13:38 / 20.09.2016
7 022

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning 23 ta hududida tekshiruv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning 23 ta hududida tekshiruv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonlari mutaxassislari umumiy chegaraning alohida hududlarida tekshiruvlar o‘tkazdi, deyiladi "Kun" nashrida.

"14—20 sentyabr kunlari davomida Jalolobod va O‘sh shaharlarida O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegaralarini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", deyilgan O‘zbekiston TIV sayti tarqatgan xabarda.

Qayd etilishicha, ushbu davr mobaynida davlat chegarasi chizig‘ining 23 ta hududi birgalikda dala sharoitida tekshirilgan.

Uchrashuv yakunida protokol imzolangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegaraning 23 ta hududida tekshiruv o‘tkazdi