Yaponiyaning Okinava orolida arxeologlar baliq tutishga mo‘ljallangan dunyodagi eng qadimiy ilmoqlarni topishdi, deb xabar beradi "Kun" nashri. Dengiz shilliqqurti chig‘anog‘idan o‘yib olingan bir juft ilmoqning yoshi 23 ming yilni tashkil qiladi.
Olimlarning taxminicha, Okinavada birinchi odamlar 30 ming yil avval qo‘nim topganlar. Orolda tabiiy zaxiralarning kamligigiga qaramasdan, ular yashab ketishga muvaffaq bo‘lishgan.
Topilma qadimgi odamlar tomonidan o‘sha paytda baliq tutishning ilg‘or texnologiyalari kengroq qo‘llangani haqida taxmin qilishga imkon beradi.
Okinava orolidagi g‘orda ilmoqlardan tashqari mehnat qurollari, munchoqlar va oziq-ovqat qoldiqlari aniqlangan.
Olimlarning fikricha, qadimgi odamlar g‘orga "qisqichbaqalarning ma’lum turlari juda mazali bo‘lgan" vaqtda tashrif buyurib turganlar.
Bungacha eng qadimiy baliq tutish ilmoqlari Timor orolida topilgan ilmoqlar hisoblanardi, ularning yoshi kamida 16 ming yilni tashkil qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi