8 045
Putin Ikkinchi jahon urushi nogironlari va faxriylariga 7 ming rubldan to‘lash haqida ko‘rsatma berdi
Rossiya prezidenti Ikkinchi jahon urushi (Rossiyada – “Ulug‘ Vatan urushi”) nogironlari va faxriylariga bir martalik rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni berish haqida farmonni imzoladi. To‘lov miqdori – 7 ming rubl, deya xabar bermoqda Meduza.io.
Shuningdek, konslagerlarning voyaga etmagan sobiq mahbuslari hamda Ikkinchi jahon urushi va Finlandiya hamda Yaponiyaga qarshi urushlarda halok bo‘lganlarning bevalariga ham shuncha miqdorda pul to‘lanadi.
Konslagerlarning voyaga etgan sobiq mahbuslari, Ikkinchi jahon urushi vaqtida front ortida kamida bir yarim yil mehnat qilgan shaxslarga 3 ming rubldan pul to‘lanadi.
Rossiya prezidentining ushbu farmoni Rossiya aholisi, shuningdek, Boltiqbo‘yidagi uch davlat – Latviya, Litva va Estoniya fuqarolariga tatbiq etiladi. Ushbu to‘lovlar Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 70 yilligi munosabati bilan to‘lanadi.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi