21:22 / 26.02.2017
9 962

Me’da qaynashiga qarshi xalq tabobati vositalari

Me’da qaynashiga qarshi xalq tabobati vositalari

Me’da qaynashi (zarda) — ko‘krak ichki qismining achishishi bilan bog‘liq noqulaylik hissi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, er sharining 40 foiz aholisi me’da qaynashidan aziyat chekadi.

Me’da qaynashining sababi nimada

Me’da qaynashi me’da shirasining qizilo‘ngach shilliq pardasiga ta’siri natijasida yuzaga keladi.

Me’da qaynashidan uy sharoitida qanday qutulish mumkin?

Me’da qaynaganda quyidagi usullarni qo‘llash mumkin:

– O‘zingiz xohlagan o‘simlik yog‘idan bir choy qoshiq ichsangiz foydasini tezda his qilasiz.
– Pista chaqish – ta’siri unchalik tez bo‘lmasa ham, har holda yordam beradi.
– Biroz iliq sut iching.
– Olma yoki sabzi eyishingiz mumkin.
– Me’da qaynashining oldini olish uchun ovqatdan oldin kartoshka va sabzi sharbatlarini teng miqdorda aralashtirib iching.
– Yalpiz, dastorbosh (tisyachelistnik), qizilpoycha (zveroboy), shivit, moychechak o‘tlarining qaynatmalaridan foydalaning.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Me’da qaynashiga qarshi xalq tabobati vositalari