Yangi yil kirishiga ham sanoqli kunlar qoldi, agar yaqinlaringiz uchun sovg‘a olishga ulgurmagan bo‘lsangiz – shoshiling! Biz eng romantik va ta’sirli sovg‘alar ro‘yxatini sizning e’tiboringizga havola etmoqchimiz.
O‘z qo‘llaringiz bilan qilingan sovg‘a
Bu sizning xayoliy orzuingizga bog‘liq. Agar birorta egulik tayyorlamoqchi bo‘lsangiz, qo‘rqmasdan yurak shaklidagi zanjabilli pecheneni tanlasangiz ham bo‘ladi.
Uchrashuvga o‘ziga xos ravishda taklif
O‘zgacha usulda uchrashuvga taklif qiling. Shunday jumboqlar o‘ylab topingki, bu jumboqlarni topish orqali uchrashuv joyini aniqlash mumkin bo‘lsin yoki uchrashuv joyi ko‘rsatilgan xaritali otkritka yuboring.
Boshqacha taqinchoqlar
O‘ziga xosligi bilan diqqatni jalb etuvchi taqinchoq tanlang. Masalan, ichiga ismlaringiz bosh harflari yoki tanishgan vaqtingiz o‘yib yozilgan bir juft uzuk buyurtma qilishingiz mumkin.
Archa bezaklari
Archani birgalikda bezatsangiz ham vaqtingiz yoqimli o‘tadi. Archani bezatishdan oldin chiroyli o‘yinchoqlarni g‘amlab qo‘ying. Vintaj uslubidagi o‘yinchoq sharchalar sotib olsangiz ham bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi