Shifokorlarning ta’kidlashicha, dolchin (korisa) – barcha kasalliklar davosi. U ishtahani nazorat qilishga yordam beradi, qondagi qand moddasini tushiruvchi eng foydali vosita, organizmni virus va shlaklardan tozalaydi, yoshartiradi, kuch bag‘ishlaydi, kayfiyatni ko‘taradi.
Asal – sayyoramiz bo‘yicha, buzilmaydigan yagona oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U tabiiy antibakterial xususiyatiga ega, yara va kuygan joylarning bitishiga yordam beradi, organizmda paydo bo‘ladigan shishlarga, shu jumladan, saratonga ham qarshi kurashadi, immunitetni mustahkamlaydi va inson organizmiga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi.
Aslida, odamlar asrlar davomida asal va dolchinning afzalliklaridan foydalanib kelishgan.
Asal va dolchinli ichimlik uchun, tozalanmagan, tabiiy asal ishlatilishi lozim. Uni yuqori haroratda ham, mikroto‘lqinli pechda ham eritish mumkin emas, aks holda – foydali xususiyatlari yo‘qoladi. Shuning uchun ham issiq suv ishlatish yaramaydi.
Dolchin – ezilgan, yangi va ekologik toza bo‘lishi kerak.
Ichimlikning klassik resepti – bir piyola iliq suvga bir choy qoshiqdan asal va dolchin solib aralashtiriladi, sog‘liqni mustahkamlash va kasalliklar oldini olish uchun qabul qilinadi. Asal va dolchinli ichimlikni bir kunda ikki mahal, ertalab och qoringa va kechqurun uxlashdan oldin ichish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi