17:37 / 12.12.2016
7 414

Puli yo‘qligidan hamma noliydi, aqli yo‘qligidan esa – hech kim

Puli yo‘qligidan hamma noliydi, aqli yo‘qligidan esa – hech kim

Isroil madaniyati majmuini shu zaminda yashovchi turfa xalqlarning umumiy qarashlari, an’analari asosida shakllangan qadim va boy tamaddun jamlanmasi tashkil etadi. Qadimiy ivrit tilida bitilgan ko‘plab asarlar, diniy kitoblarda o‘z ifodasini topgan ko‘hna falsafaning bir bo‘lagi bo‘lmish xalq maqollarida chuqur ma’no-mazmun aks etgan. Shu bilan birga, bu hikmatli so‘zlar biroz yumor bilan uyg‘unlashgan. Bu esa isroilliklar har bir mavzuga o‘zlariga xos donolik bilan yondashishlari, har qanday muammoga ham yengil hazil bilan qaray olishlaridan dalolat beradi.

Quyidagi maqollarda shu jihatni kuzatish mumkin.

Puling bo‘lgani bo‘lmaganidan yaxshiroq emas.

***

Agar muammoni pul bilan hal qilish mumkin bo‘lsa, bu muammo emas, xarajatdir.

***

Xudo odamga ikkita quloq va bitta og‘iz berdi: ko‘proq eshitsin va kamroq gapirsin, deb.

***

Sharob ichkari kirsa, sir tashqari chiqadi.

***

Shirin bo‘lma, eb qo‘yishadi. Achchiq ham bo‘lma, tuflab tashlashadi.

***

Oldindagi serkadan, orqadagi otdan, to‘rt tomondagi ahmoqdan qo‘rq.

***

Mehmon va baliqning muhlati uch kun.

***

Bilim ko‘p joy egallamaydi.

***

Ko‘r oqsoqning tez yurganini ko‘ribdi, buni gung karga so‘zlab beribdi.

***

Ota-ona bolasiga gapirishni o‘rgatadi, bolalar esa ularga jim turishni.

***

Uzoqdan qaraganda yomon odamning o‘zi yo‘q.

***

Agar ayollar kamroq gapirishganida, erkaklar ko‘proq ishlashgan bo‘lardi.

***

Ma’noli sukut saqlash ma’noli gapirishdan qiyinroq.

***

Yomon xotin yomg‘irdan yomon: yomg‘ir uyga quvsa, yomon xotin uydan quvadi.

***

Xudoyim! O‘rnimdan turishimga yordam ber – yiqilishni o‘zim ham eplayman.

***

Agar hayoting yaxshi tomonga o‘zgarmasa, kut – u albatta yomon tomonga o‘zgaradi.

***

Muhabbat qanchalik shirin bo‘lmasin, undan sharbat tayyorlab bo‘lmaydi.

***

Qilishga hech ish qolmaganida, buyuk ish qilishga chog‘lanadilar.

***

Puli yo‘qligidan hamma noliydi, aqli yo‘qligidan esa – hech kim.

***

Qo‘rquvdan o‘lgandan ko‘ra kulgidan o‘lgan afzal.

***

Tajriba – odamlar o‘z xatolarini shunday atashadi.

***

Oqargan soch – donishmandlikdan emas, keksalikdan nishona.

***

Qariganida odam yomonroq, ammo ko‘proq ko‘radi.

Xurshida ABDULLAEVA tayyorladi
.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Puli yo‘qligidan hamma noliydi, aqli yo‘qligidan esa – hech kim