18:18 / 27.02.2017
6 682

Dollarning rasmiy kursi yana qariyb 50 so‘mga oshdi

Dollarning rasmiy kursi yana qariyb 50 so‘mga oshdi

28 fevraldan O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘rnatiluvchi AQSh dollarining so‘ng nisbatan qiymati birvarakayiga 47,48 so‘mga qimmatlashdi va — 3404,35 so‘mga etdi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

20 fevral kuni ham dollar kursi qariyb 50 so‘mga qimmatlashgandi.

Qayd etish kerakki, undan oldingi haftalarda Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi taxminan 15 so‘mga qimmatlashayotgan edi (rasmiy kurs har seshanba kuni yangilanadi). Yil boshidan buyon (3231,48 so‘m) dollarning so‘mga nisbatan kursi 172,87 so‘mga o‘sdi (5,35 foiz).

14 fevral kuni dollar kursi 3300lik dovonni bosib o‘tgandi.

MB tomonidan belgilanadigan kurslardan buxgalterlik hisobi, statistik va valyuta operasiyalari bo‘yicha boshqa hisobotlar, shuningdek bojxona va boshqa majburiy to‘lovlarni hisob-kitob qilish uchun foydalaniladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Dollarning rasmiy kursi yana qariyb 50 so‘mga oshdi