Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida Ravon brendi bilan xorijga eksport qilinayotgan o‘zbek avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda. U "O‘zavtosanoat" AJ va "Turkmaniston" davlat savdo markazi hamkorligidagi "Turkman-O‘zAvto" xo‘jalik jamiyati tomonidan tashkil etildi.
Marosimda yengil avtomobillar ishlab chiqaruvchi "GM Uzbekistan" AJ, Isuzu yuk mashinalari va avtobuslari ishlab chiqaruvchi "SamAvto" MChJ, MAN brendi ostida yuk mashinalari, maxsus texnikalar va priseplar ishlab chiqaruvchi o‘zbek-nemis qo‘shma korxonasi rasmiy vakillari ishtirok etdilar. Taqdimotga avtomobilsozlik sohasi vakillari, diplomatik missiyalar rahbarlari va avtoishqibozlar ham taklif etildi.
Unda Ravon Gentra, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 modellari namoyish etildi. Ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili avtomobillar jahon standarti va ekologik talablarga javob berishi, kondisioner, rul gidrokuchaytirgichi bilan jihozlangani, tejamkorligi va boshqa xususiyatlari haqida axborot berdi.
Taqdimotda shuningdek, qishloq xo‘jaligi, qurilish, kommunal xizmatlar sohalari uchun mo‘ljallangan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtotexnikalar ham namoyish etildi. "Turkman-O‘zavto" xo‘jalik jamiyati "GM Uzbekistan" AJning distribyutori hisoblanadi.
Jamiyat o‘tgan 10 yillik faoliyati davomida jamiyat O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ikki mingga yaqin Chevrolet va Uz-Daewoo avtomobillarini sotgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi