11:27 / 22.02.2017
6 686

Pul kerakmi, marhamat: Toshkentda mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi

Pul kerakmi, marhamat: Toshkentda mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi

Toshkent shahrida yil oxiriga qadar mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi. Bu haqda Markaziy Bankning Toshkent shahri bo‘yicha Bosh boshqarmasi rahbari Majid Tohirov'ga asoslanib Sputnik nashri xabar berdi.

Tohirovning so‘zlariga ko‘ra, bankomatlarning har biri turli qiymatdagi kupyuralar bilan to‘ldirilgan bo‘ladi, shu bois, plastikdan naqd pul echib olishda muammo bo‘lmaydi.

Berilgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtda tijorat banklari ta’minotchilar bilan ushbu qurilmalarni xarid qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

"Uskunalarni etkazib berish va o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Avvaliga biz bankomatlarning birinchi partiyasini olib kelamiz va ularni shahar bo‘ylab o‘rnatamiz. Keyin navbat ikkinchi partiyaga… Ish shu tariqa davom etadi. Odamlar naqd pul echib olishda qulayliklarga ega bo‘lishlari uchun Toshkent shahri bo‘ylab etarli miqdorda bankomatlar o‘rnatiladi", — dedi mansabdor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Pul kerakmi, marhamat: Toshkentda mingga yaqin bankomatlar paydo bo‘ladi