10:03 / 22.02.2017
6 805

Toshkent hokimiyati: naqd pul hammaga etadi!

Toshkent hokimiyati: naqd pul hammaga etadi!

Toshkent shahri va uning moliyaviy muassasalari pensiya, nafaqa pullar va maoshlarni naqd pul bilan to‘lash bo‘yicha barcha xarajatlarni qoplashni ta’minlashga tayyor va buni bamaylixotir qila oladi, deb aytdi Toshkent hokimi birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Uning aytishicha, buning uchun muayyan ishlar olib borilmoqda. Jumladan, savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonlaridan tijorat banklariga naqd pul mablag‘larining o‘z vaqtida va to‘liq hajmda kelib tushishi uchun Toshkentda davlat soliq idoralari va banklar xodimlarining maxsus tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, butun tushumni uning shaklidan qat’iy nazar, bankka topshirishlari kerakligi haqida tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, tizim yaxshi ishlashi uchun shahar hokimiyati xaridorlarning o‘zlari ham xarid qilingan mahsulot uchun sotuvchilardan chek berishlarini talab qilishlarini so‘ramoqda.

Husanovning aytishicha, Toshkent banklariga pensiya va nafaqalarni naqd pul ko‘rinishida to‘lash uchun har oy 167,7 mlrd so‘m kerak bo‘ladi. Bu pullarni Toshkentda yashayotgan 274,8 ming pensioner oladi.

Ma’lum qilinishicha, byudjet sohasida faoliyat yurituvchi ishchilar, ya’ni o‘qituvchilar, tibbiy xodimlar va boshqa bir qator ishchilarning oylik maoshlarini to‘lash uchun har oy 193,9 mlrd so‘m naqd pul ajratiladi. Ko‘p farzandli va kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun har oy 7,9 mlrd so‘m kerak bo‘ladi.

Bu choralar O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan yaqinda imzolangan qaror doirasida ko‘zda tutilgan. Bu qarorga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha pensiyalarning barcha turlarini to‘lash to‘liq hajmda naqd pullarda, hech qanday cheklovlarsiz amalga oshirilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Toshkent hokimiyati: naqd pul hammaga etadi!