18:01 / 20.02.2017
6 736

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin oshib ketdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin oshib ketdi

Dollarning rasmiy kursi misli ko‘rilmagan darajada oshmoqda, O‘zbekiston Markaziy bankining ma’lumotiga ko‘ra, 21 fevraldan boshlab 1 AQSh dollarining qiymati 3356 so‘m 87 tiyin etib belgilandi, deb yozmoqda Sof.uz sayti.

Oradagi farq 47 so‘m 52 tiyinni tashkil etadi. Dollarning bugungi kundagi kursi 3309 so‘m 35 tiyinga teng.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qiymat valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlar uchun belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi keskin oshib ketdi