14:50 / 19.02.2017
6 178

Iqtisodiy erkinlik reytingi: Qozog‘iston dunyo bo‘yicha 42-o‘rinni egalladi

Iqtisodiy erkinlik reytingi: Qozog‘iston dunyo bo‘yicha 42-o‘rinni egalladi

AQShning The Heritage Foundation tadqiqot markazi iqtisodiy erkinlik bo‘yicha yangi xalqaro reytingni e’lon qildi, deb yozadi Hilol.uz sayti.

Reytingni tuzishda mulk huquqi kafolati, korrupsiyadan himoyalanganlik, byudjet xarajatlarining samaradorligi va shaffofligi, savdo erkinligi kabi o‘nta mezon e’tiborga olingan.

Ro‘yxatning ilk beshligidan Gonkong, Singapur, Yangi Zelandiya, Shveysariya va Avstriya o‘rin oldi. So‘nggi beshlik esa quyidagicha ko‘rinishda: Eritriya, Kongo, Kuba, Venesuela va Shimoliy Koreya.

Markaziy Osiyo mintaqasida eng yaxshi ko‘rsatkich Qozog‘istonga tegishli – 42-o‘rin. Qirg‘iziston 89, Tojikiston 109, O‘zbekiston 148, Turkmaniston esa 170-o‘rinni egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Iqtisodiy erkinlik reytingi: Qozog‘iston dunyo bo‘yicha 42-o‘rinni egalladi