16:50 / 29.12.2016
6 891

Amazon tovarlarni etkazib berishning innovasion usulini o‘ylab topdi

Amazon tovarlarni etkazib berishning innovasion usulini o‘ylab topdi

Amazon kompaniyasi tovarlarni saqlash va etkazib berish tizimiga patent arizasini topshirdi. Yangi tizimda dirijabllar va uchuvchisiz qurilmalar qo‘llaniladi. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.

Amazon dirijabllardan muayyan hududlarga jo‘natiluvchi u yoki bu tovarlarni saqlovchi ombor sifatida foydalanmoqchi. Uchuvchisiz qurilmalar esa bevosita xaridorlarning o‘ziga mahsulotni etkazib beradi. Bunday tizim tovar etkazib berish vaqtini keskin kamaytiradi.

Dekabr oyi boshida Amazon birinchi marta uchuvchisiz qurilma yordamida xaridorga tovarni etkazib berdi. Buyuk Britaniyada yashovchi mijoz televizion pristavka va pop-korn buyurtma qilgandi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, u buyurtma rasmiylashtirilgandan 13 daqiqa o‘tib tovarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Amazon tovarlarni etkazib berishning innovasion usulini o‘ylab topdi