22:02 / 23.12.2016
7 718

Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi

Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi

Ergash Shoistamov «O‘zbekneftgaz» xoldingi tuzilmasiga kiruvchi «O‘ztransgaz» kompaniyasi boshqaruvi raisligiga tayinlandi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

«O‘ztransgaz"ning avvalgi rahbari Shukurullo Mahmudov esa «Markazgazta’minot» unitar korxonasi Samarqand bo‘limi direktori lavozimini egalladi.

Ergash Shoismatov (1951 yilda tavallud topgan, Toshkent politexnika instituti bitiruvchisi) turli yillarda energetika va elektrlashtirish vaziri, «O‘zbekenergo» kompaniyasi raisi (2001−2006 yillar), bosh vazir o‘rinbosari (2006−2010 yillar) — Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari bo‘yicha majmuasi rahbari bo‘lgan.

2014 yil fevralidan energetika xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi raisi.

«O‘ztransgaz» kompaniyasi tabiiy gazni tashish va saqlash, shuningdek, mamlakat ichi va xorijdagi iste’molchilarga O‘zbekiston gazini etkazib beruvchi ob’ektlarni boshqaradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Iqtisodiyot » Ergash Shoismatov «O‘ztransgaz» rahbari bo‘ldi