13:26 / 17.02.2017
24 739

Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi

Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi

Qo‘shiqchi Abdulla Qurbonov «Shok.uz» nashriga bergan intervyusida qamalgani sababiga oydinlik kiritdi, deb yozadi “Daryo”.

San’atkorning so‘zlariga ko‘ra, yaqin tanishlaridan biri uni to‘yga chaqirish bahonasida uyiga mehmonga kelganida, qo‘shiqchining rad etishiga qaramay, unga giyohvand moddani «hadya tariqasida» bergan.

Abdulla Qurbonov avvallari «bu narsa»ni to‘ylarda, ulfatlar bilan o‘tirishlarda qabul qilganini tan oldi, lekin o‘sha paytda tashlaganini, sog‘lig‘i ham ko‘tarmasligini ta’kidlab o‘tdi.

Oradan 5—10 daqiqa o‘tgach, xodimlar kirib keldi… Tan olishim kerak, oldinlari chekkan bo‘lsam, chekkanman. Lekin men ularga buni olib kelinglar demaganman, buni zalda ham (sud zalida) aytganman. Ammo qonun hamma uchun bir xil ekan.

Abdulla Qurbonov, xonanda

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Abdulla Qurbonov nima sababdan qamalgani haqida gapirib berdi