16:06 / 24.12.2016
8 416

Sardor Milano «Golos» loyihasi finaliga chiqdi

Sardor Milano «Golos» loyihasi finaliga chiqdi

23 dekabr, juma kuni Rossiyaning Birinchi kanalida «Golos» loyihasi beshinchi mavsumining yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi va finalchilar aniqlandi.

Ushbu loyihada Polina Gagarina jamoasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Sardor Milano Sara Braytmanning Il Mio Cuore Va qo‘shig‘ini ijro etdi.

Bu qo‘shiq Selin Dionning My Heart Will Go On taronasining italyancha varianti hisoblanadi. Selin Dion ijrosidagi qo‘shiqning originali Jeyms Kemeronning «Titanik» filmining asosiy saundtreki hisoblanadi. Bu qo‘shiq «Oskar», «Oltin globus» va to‘rtta «Gremmi» bilan taqdirlangan.

Sardorning raqibi Mixail Jitov «Babushka» qo‘shig‘ini ijro etdi.

Polina Gagarina o‘z ovozining 60 foizini Sardorga, 40 foizini Mixailga berishga qaror qildi. Maxsus raqamga SMS yuborgan va qo‘ng‘iroq qilgan teletomashabinlarning ham yarmidan ortig‘i o‘zbekistonlik xonandaga ovoz berdi va Sardor «Golos»ning finaliga chiqdi.

«Golos» finali 30 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Sardor Milanoga Dima Bilan jamoasidan qirg‘izistonlik Qayrat Primberdiev, Leonid Agutin jamoasidan Darya Antonyuk va Grigoriy Leps jamoasidan Aleksandr Panayotov raqiblik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Sardor Milano «Golos» loyihasi finaliga chiqdi