09:30 / 23.12.2016
19 864

Ozodbek Nazarbekov o‘rnini Yulduz Usmonovaga topshiradi

Ozodbek Nazarbekov o‘rnini Yulduz Usmonovaga topshiradi

Har yilning bahorida o‘n kunlab konsert berishni an’anaga aylantirgan O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilning aprelida bu an’anani davom ettirmaydi.

Kun.uz manbasining ma’lum qilishicha, nafaqat aprel oyida, balki butun yil davomida ham ushbu xonanda katta sahnalarda chiqish qilmasligi mumkin.

Ozodbek Nazarbekovning vakillari esa bu haqida aniq ma’lumot bera olmadi.

Manbaning bildirishicha, aprel oyida 15 kun davomida shu yilning dekabrida O‘zbekistondagi sahnalarga qaytgan O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova konsert berishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, manba bergan ma’lumotga ko‘ra, Ozodbek Nazarbekov 2017 yil konsert berishi katta so‘roq ostida turibdi.

Eslatib o‘tish joiz, Yulduz Usmonova 2005 yilgacha har yili aprelda ko‘pkunlik konsert berardi. Keyinchalik bu o‘rin Ozodbek Nazarbekovga o‘tgandi.

Yulduz Usmonova katta sahnalarga qaytmoqda

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Ozodbek Nazarbekov o‘rnini Yulduz Usmonovaga topshiradi