13:36 / 04.12.2016
8 594

Qilichbek Madaliyev dadasining muxlislarini yig‘latdi

Qilichbek Madaliev dadasining muxlislarini yig‘latdi

1-2 dekabr kunlari Toshkentning muhtasham «Istiqlol» saroyida Qilichbek Madaliev konsert dasturini taqdim etdi. Konsert dasturini radioboshlovchi Akmal Mirzo olib borgan bo‘lsada, har bir qo‘shiq orasida muxlislariga murojaat etib turgan xonanda Qilichbek Madaliev kechaga samimiy ruhiyat bera oldi.

Uning har bir qo‘shig‘ining taronasi va she’rlari did va saviya bilan tanlangani sezilib turardi. «Bir umr kuylayman etguncha kuchim, dadamning muxlislari uchun»- qo‘shig‘i tomoshabinlarning cheksiz qarsaklari bilan qarshi olindi. Qo‘shiqni ko‘pchilik ko‘zida yosh bilan tingladi.

Xonandaning Shahzoda Muhamedova bilan kuylagan duet taronasi ham kechaga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi. Konsert bermasdan 2-3 yil tanaffus qilgan Qilichbek endilikda katta dasturlar bilan muxlislarni yuragiga joy topa olishini isbotlab berdi. Qilichbek kelasi yil yana shunday fayzli konsert dasturida muxlislar bilan diydorlashishni va’da berdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Qilichbek Madaliyev dadasining muxlislarini yig‘latdi