11:27 / 13.11.2016
6 107

Parijdagi fojiadan 1 yil o‘tib "Bataklan" teatrining konsert zali qayta ochildi

Parijdagi fojiadan 1 yil o‘tib "Bataklan" teatrining konsert zali qayta ochildi

Parijdagi "Bataklan" teatridagi konsert zali binosiga jangarilar hujum qilgan kunga 1 yil to‘lgan kunda bu zalda Stingning konserti o‘tkaziladi.Kun.uz yozishicha, konsertga kirish uchun odamlar katta navbatlar hosil qilishgan.

Konsert zali binosi oldiga to‘plangan odamlar gullar va shamlar keltirishgan. Konsertga kelganlar orasida hujum oqibatida halok bo‘lganlarning qarindoshlari, do‘stlari va yaqinlari ko‘pchilikni tashkil etadi.

Parijda 2015 yilning 13 noyabrida qator teraktlar sodir etilgan, turli nuqtalarda amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 120 nafardan ziyod kishi qurbon bo‘lgandi. Terakt uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi.

Konsertnыy zali shu kunning o‘zida yopilgandi.

Sting o‘z chiqishi avvalida qurbonlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi va bu tarixiy teatr musiqa va hayotni sharaflashda davom etajagiga umid bildirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Parijdagi fojiadan 1 yil o‘tib "Bataklan" teatrining konsert zali qayta ochildi