13:47 / 10.10.2016
10 982

Shahzoda Matchonova: «Sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan»

Shahzoda Matchonova: «Sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan»

O‘zbek kino olami va shou-biznesining billur qizchasi Shahzoda Matchonova uni ozg‘in deya tanqid qilganlar uchun ijtimoiy tarmoqda javob qoldirdi. Bu haqda "Diydoraziz" sayti xabar berdi.

“Menga har doim ozg‘inligim haqida aytishadi. Odatda bunday gaplar ayollardan chiqadi. Yana bu ayollarning o‘zlari butun umr parhezda o‘tiradi. Albatta men bunday gaplardan xafa bo‘lmayman. Shaxsan menga mana shunday xushbichim bo‘lish yoqadi. Xudo meni shunday yaratgan, menga o‘zimning gavdam yoqadi va men o‘zimni hech qachon ovqatdan tiymayman. Men istagan narsamni eyman. Aytgancha, sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan va hech qachon semirib ketmasligimni so‘raydi. Men o‘zim hech qachon birovlarga maslahat bermayman, ularni o‘qitmayman va tanqid qilmayman. Men uchun agar insonning qalbi chiroyli bo‘lsa, undagi barcha narsalar go‘zal bo‘ladi”,—deb yozdi Shahzoda o‘zining Instagram`dagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Matchonova: «Sevgan insonim meni shu holimcha sevib qolgan»