19:53 / 21.02.2017
10 936

Samarqandda «Gazel» mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin

Rossiyaning yengil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha etakchi kompaniyasi — «GAZ» guruhi Samarqand yoki O‘zbekiston hukumati tavsiya etgan boshqa joyda mikroavtobuslar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin.
Samarqandda «Gazel» mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin

Daryo’ning yozishicha, bu haqda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Rossiya hukumatlararo komissiyasining Toshkentda bo‘lib o‘tgan 18-yig‘ilishida ishtirok etgan Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Viktor Evtuxov ma’lum qilgan.

Engil avtomobillar, mikroavtobuslar ishlab chiqarish bo‘yicha Rossiyaning etakchi shirkati — «GAZ» guruhi Samarqand avtomobil zavodida yoki O‘zbekiston hukumati tomonidan tavsiya etilgan boshqa maydonda o‘z avtomobillari, jumladan, mikroavtobuslarni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etishdan manfaatdor. O‘zbekiston rahbariyati bunday loyihani amalga oshirish uchun hech qanday to‘siq ko‘rmayotganini bildirgan.

Viktor Evtuxov, Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari


Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10 yanvar kuni «Aholiga transport xizmati ko‘rsatish hamda shaharlar va qishloqlarda avtobuslarda yo‘lovchilar tashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagan edi.

Unga ko‘ra, 2017—2021 yillar oralig‘ida 8 600 ta yo‘lovchi tashish avtomobili, shu jumladan, 5 700 ta umumiy foydalanishga qulay mikroavtobus sotib olinishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Samarqandda «Gazel» mikroavtobuslari ishlab chiqarilishi mumkin