12:36 / 09.02.2017
7 279

Xitoyda kam ta’minlanganlar uchun elektromobil ishlab chiqariladi

Xitoyda kam ta’minlanganlar uchun elektromobil ishlab chiqariladi

Kam ta’minlangan iborasini qo‘llash bir oz g‘alati, ammo mazkur elektromobil uncha badavlat bo‘lmagan va maxsus zaryadlash stansiyasidan foydalana olmaydigan aholi uchun tayyorlanganini aytib o‘tish kerak, deb yozadi Carzone sayti.

Chehejia startapini Kevin Shen, Jonni Li va Li Syan ismli tijoratchilar tashkil qilgan. Li Syan giperkar ishlab chiqaruvchi NextEV firmasining asoschisi sanaladi. Ammo Li Syanning giperkari badavlat kishilar uchun bo‘lsa, yangi ikki o‘rinli elektromobili cho‘ntagi qappaymagan xaridorlar uchun. U motosikldan ozgina qimmat xolos.

Chehejia SEV deb atalgan bu elektromobil aynan ko‘pqavatli uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolarga mo‘ljallab chiqariladi. Ularning ko‘pchiligida elektromobilini avtoturargohda yoki boshqa joyda zaryadlash imkoni yo‘q. Shuning uchun injenerlar yangicha echim o‘ylab topgan: uyning yoniga mashinani qo‘yasiz va ikki batareyani echib, uyga olib kirib zaryadlaysiz. Har bir batareya 10 kgdan tosh bosadi va tarmoqdan oddiy telefon singari quvvatlash mumkin. Kechasi bilan to‘liq zaryad oladi.

Mualliflar innovasion echim ko‘plab muammolarni hal qilishiga ishonadi. Masalan, kvartiradan tashqariga elektr simi tortishga hojat yo‘q, batareyasiz elektromobilni hech kim o‘g‘irlab ketmaydi. Eng muhimi, Chehejia SEV arzongina, ya’ni 50 ming yuan turadi (7,5 ming dollar atrofida). Bu elektromobil uchun past narx sanalishini yoddan chiqarmang.

Xitoy injenerlari bu bilan cheklanib qolmoqchi emas, keyinroq mashinaga uch qator o‘rindiqlar o‘rnatmoqchi.

Birgina muammo sig‘imi yuqori, ammo hajmi kichik batareyalar tayyorlashdir. Batareya sig‘imi qancha yuqori bo‘lsa, yo‘l zaxirasi ham ortadi. Ammo injenerlar izlanishdan to‘xtagani yo‘q, 1-2 yildan so‘ng Chehejia elektromobillari seriyali ishlab chiqarilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Xitoyda kam ta’minlanganlar uchun elektromobil ishlab chiqariladi